Kompaniya haqida...

Bu yerda siz kompaniyamiz haqida to'liq malumot olishingiz mumkin.

      «AZIA MONTAJ GROUP» kompaniyasi barcha turdagi elektr ishlarini amalga oshiradi.

Kompaniyamiz ushbu sohada faol rivojlanmoqda va xizmatlarni taqdim etishda katta tajribaga ega. Biz o'z ishimizni professional darajada amalga oshiramiz, chunki bizning ishimiz Sizning xavfsizligingiz kafolati ekanligini bilamiz. Barcha elektr ishlarini biz eng zamonaviy uskuna va jihozlardan foydalangan holda va EUIK me'yoriy hujjatlarining hozirgi talablariga muvofiq amalga oshirmoqdamiz. Biz har qanday darajadagi turar-joy binolari, savdo komplekslari, ishlab chiqarish va ma'muriy inshootlarni barcha jaxon standartlari va xavfsizlik tartib-qoidalariga rioya qilgan holda, shuningdek sizning xohishingizni hisobga olgan holda elektr ta'minoti bilan ta'minlash xizmatlarini taklif etamiz

    Biz sizga quyidagi xizmatlarni taqdim etamiz:
- Uy-joy, sanoat va boshqa ko'plab ob'ektlarda elektr ta'minoti;
- Yuqori kuchlanishli transformatorlarini o'rnatish va sozlash;
- Elektr ta'minoti tarmoqlarini o'rnatish;
- 0,4 kVdan 35 kVgacha bo'lgan kabel va havo liniyalarini qurish va ta'mirlash;
- 0,4 kV dan 35 kVgacha bo'lgan kabel liniyalarini ta'mirlash;
- Binolarda va ularga tutash hududlarda tashqi yoritish ishlarini bajarish;
- 1000V dan yuqori bo'lgan elektr jihozlarini o'rnatish, sozlash, ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish;
- Rele himoyasini sozlash, sxemalarni boshqarish va elektr jihozlarini avtomatlashtirish;
- Past va yuqori kuchlanishli uskunalarni o'rnatish va ishga tushirish;
- Yong'in xavfsizligi signalizasiyasini o'rnatish;
- Avtomatik yong'inga qarshi tizimlarni o'rnatish;
- Past kuchlanishli tizimlarni o'rnatish;
- Videokuzatuv tizimlarini to'liq o'rnatish va sozlash;
- Boshqarish tizimlarini o'rnatish va sozlash.

Murojat uchun:

Mamlakat kodi: +998

Tel.:78 1476060

Faks.: 78 1476060

e-mail: azia.montaj.group@mail.ru

Mamlakat: O'zbekiston Indeks: 100057

Toshkent shahar, Olmazor tuman, Usta Shirin ko'chasi, 136-uy